GM Uzbekistan avtomobilsozlik kompaniyasi va «O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi o‘z mahsulotlari va xizmatlari uchun narx va tariflarni haqiqiy ma’noda so‘mga o‘tkazishi, xorijiy valyutaga bog‘langan tariflarini so‘mda qayta hisoblashi haqida e’lon qilishi kutilmoqda.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2 sentyabr kuni "Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi galdagi choralar haqida"gi farmonni imzolagan edi.
Mazkur farmonda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, shuningdek, yetkazib berilayotgan tovar va ko‘rsatilayotgan xizmatlar narxi oshib ketishining oldini olish maqsadida O‘zbekiston mobil aloqa operatorlari va internet-provayderlari 5 sentyabrdan o‘z tariflarini so‘mga o‘tkazishi, tariflarga asos sifatida Markaziy bankning 29 avgustdagi kursi (4210,35 so‘m)ni olish bo‘yicha qaror qabul qilgani haqida xabar berilgan edi.
«Gazeta.uz»ning o‘z manbalariga asoslanib xabar berishicha, yaqin vaqt ichida narx va tariflari dollar yoki boshqa xorijiy valyutada belgilangan O‘zbekistondagi barcha kompaniyalar, xususan, «O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi va GM Uzbekistan kompaniyasi ham telekom-shirkatlarnikiga o‘xshash qarorlarini e’lon qilishlari kutilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi