6 809
Islom sivilizatsiyasi markazi qurilishiga Alisher Usmonov ham ko‘mak ko‘rsatmoqda (video)
Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning 2017 yil 23 iyundagi «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida O‘zbekistondagi Islom madaniyati markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori ijrosi doirasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Shavkat Mirziyoyev 1 sentyabr kuni Hazrati Imom (Xastimom) majmuasida bo‘lib, mazkur markaz loyihasi bilan tanishdi.
Aytish joizki, yurtimizda muqaddas dinimizni, ulamolarimizning boy merosini o‘rganish, tarixiy obidalarni asrab-avaylashga alohida e’tibor qaratilmoqda, yangi ma’naviyat maskanlari tashkil etilmoqda, ziyoratgohlar va boshqa qadamjolarda qurilish-ta’mirlash ishlari bajarilmoqda. Bu kabi xayrli ishlar yurtdoshlarimiz va xalqaro jamoatchilik tomonidan keng qo‘llab-quvvatlanmoqda.
Shularni inobatga olib, davlatimiz rahbari Islom madaniyati markazi nomini Islom sivilizatsiyasi markazi, deb o‘zgartirish taklifini bildirdi.
Shavkat Mirziyoyev markaz qurilishi bo‘yicha taqdim qilingan loyihaga alohida e’tibor qaratdi:
«Bu markaz bizning islom dini targ‘ibotidagi yuzimiz bo‘ladi. Shunday ekan, uning tashqi ko‘rinishi, bu yerda ishlatiladigan qurilish materiallariga ham e’tibor qaratish lozim. Odatdagi, ko‘zimiz o‘rganib qolgan loyihalardan voz kechib, yangi shakl va dizayn topishimiz kerak», — dedi davlatimiz rahbari.
«Dunyo hamjamiyatida bunday markaz, islom sivilizatsiyasi markazi yakkayu yagona bo‘ladi, xudo xohlasa. Shuning uchun biz bu markazning qurilishiga juda katta e’tibor qilayapmiz. Bu yerga kirib chiqqan insonning dunyoqarashi o‘zgaradi, ma’naviyati kamol topadi. Islom sivilizatsiyasi markazidan Islom ensiklopediyasi chiqaramiz. O‘zbek millatini yana bir marta tarannum qilamiz. Bular aslo kichkina masalalar emas. Mana, bizning vatandoshimiz, Alisher Burhonovich Usmonov bu borada biz bilan hamkorlik qilib, katta madad ko‘rsatmoqda. Vatandoshimizning shunday katta ko‘mak ko‘rsatishi tarixda qoladi. Bunday bino albatta tarixda qolishi kerak», — dedi Prezident.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi