5-6 sentyabr kunlari O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘izistonga davlat tashrifi kechmoqda.
Tashrif doirasida «Ala-Archa» davlat qarorgohida ikki prezident uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
«Bir yil ichida O‘zbekiston Markaziy Osiyo mintaqasidagi barcha davlatlar bilan munosabatlarini yaxshiladi», — degan Qirg‘iziston prezidenti.
Atamboyev O‘zbekiston rahbarining bu tashrifi ikki davlat munosabatlarida yangi davrni boshlab berishini qayd etgan.
«Ishonchim komilki, soxta kamtarliklarsiz e’tirof etishni istardimki, bu tashrif — xalqlarimiz uchun tarixiy voqea. O‘ylaymanki, bugungi tashrif ko‘plab muammolarga barham beradi va ikki qardosh xalq munosabatlarida yangi davrni ochib beradi», — degan Atamboyev.
«O‘zbekiston — Markaziy Osiyoda barcha davlatlar bilan chegaralarga ega yagona davlat. Biz ko‘rib turibmizki, Shavkat Mirziyoyev prezidentligi davrida O‘zbekiston mintaqadagi barcha qo‘shni respublikalar bilan munosabatlarni sezilarli darajada yaxshiladi.
Bu siyosiy vaziyatga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Sizning iqtisodiy va siyosiy islohotlaringiz tufayli men O‘zbekiston Markaziy Osiyoning savdo va siyosiy markaziga aylanishiga ishonch bildirmoqdaman. Men Shavkat Miromonovichga mustahkam sog‘liq va oson bo‘lmagan ishda muvaffaqiyatlar, birodar o‘zbek xalqiga tinchlik va farovonlik tilayman», — deya chiqishini yakunlagan Almazbek Atamboyev.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi