Shahar O‘zbekistondagi birinchi «aqlli» shahar bo‘ladi, unda ma’muriy binolar, zamonaviy va qulay turar joylar, biznes markazlar, mehmonxonalar, sport majmualari, yoshlar ijodiyot markazi, kutubxona, maktablar, ko‘p tarmoqli shifoxona bunyod etiladi.
Istirohat bog‘lari, bog‘lar, maydonlar, piyodalar va velosipedchilar uchun hiyobonlar tashkil etish ko‘zda tutilgan. Samarali jamoat transporti tizimini joriy etish rejalashtirilgan.
Shahar markazi orqali sun’iy anhor oqib o‘tadi, uning yoqasi bo‘ylab yo‘l yotqizilib, kafe, do‘kon va boshqa ob’ektlar ochiladi.
Toshkent va Nurafshonni tezyurar avtomobil yo‘li bog‘laydi.
Eslatib o‘tamiz, avval Toshkent viloyati o‘zining ma’muriy markaziga ega emas edi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati 25 avgust kungi 11-yalpi majlisda To‘ytepa shahrining nomini Nurafshonga o‘zgartirish haqidagi qarorni tasdiqladi.
Bir kun avval senatorlar shaharni viloyat boshqaruvidagi shaharlar toifasiga kiritish hamda Toshkent viloyatining ma’muriy markazi etib belgilash haqidagi qarorni tasdiqlashgan.








Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar