16 sentyabr kuni O‘zbekistonga tashrif buyurgan Nursulton Nazarboyev kunning ikkinchi yarmida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan kengaytirilgan tarkibdagi muzokaralarni davom ettirdi.
Muloqotda rasmiy delegatsiyalar a’zolari, vazirlik va yirik kompaniyalar rahbarlari ishtirok etdi. Muzokarada mamlakatlar o‘rtasidagi ijtimoiy-siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy hamkorlikni yanada rivojlantirish, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi aloqalarni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Ushbu uchrashuvda O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida harbiy-texnikaviy hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma imzolandi. Shartnomaga O‘zbekiston Mudofaa vaziri Abdusalom Azizov hamda Qozog‘iston Mudofaa va aerokosmik sanoat vaziri Beybut Atamkulovlar imzo chekdilar.
Ushbu shartnomaga ko‘ra, harbiy ta’lim sohasi hamda qo‘shinlarning harbiy va jangovar tayyorgarligini hamkorlikda oshirish nazarda tutilgan.
Manba: qalampir.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas