Markaziy bank Boshqaruvining qarori (ro‘yxat raqami 1291-7, 2017 yil 6 sentyabr) bilan Lombardlar faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risida nizomga tuzatishlar kiritildi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.
Litsenziya uchun MB boshqarmasi xulosasi zarur
Endilikda litsenziya olish (joylashgan joyi o‘zgarganda litsenziyani qayta rasmiylashtirish) uchun talabnoma berish paytida lombardda Markaziy bank tegishli hududiy boshqarmasining quyidagilar to‘g‘risidagi xulosasi bo‘lishi kerak:
- lombard binoci va undagi kassa xonalarining texnik jihatdan mustahkamligi va qo‘riqlash-yong‘indan saqlash signalizatsiya vositalari bilan jihozlanganligi;
- axborot tizimlarining o‘zaro ishlashi va almashinuvini ta’minlash maqsadida sifatli aloqa liniyasi mavjudligi;
- buxgalteriya hisobi amaliyotlarini amalga oshirish bo‘yicha texnik talablarga mos keluvchi dasturiy ta’minot bilan ta’minlanganligi.
Lombardga kim rahbarlik qilishi mumkin?
Aniqlashtirilishicha, lombardning ijro etuvchi organi rahbari lavozimiga tavsiya etiladigan nomzodlar oliy iqtisodiy ma’lumotga va bank yoki boshqa moliya sohasida yetarli ish tajribasiga ega bo‘lishi kerak.
Shuningdek hujjatga ayrim boshqa o‘zgartirishlar kiritildi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Ilon Mask Eron elchisi bilan yashirincha uchrashdi