10:27 / 19.09.2017
6 416

Nursulton Nazarboyev: O‘zbekistonga avtobuslar qatnovi to‘liq yo‘lga qo‘yilgan

Nursulton Nazarboyev: O‘zbekistonga avtobuslar qatnovi to‘liq yo‘lga qo‘yilgan
Joriy yilning dastlabki olti oyida O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida yo‘lovchilar oqimi 60 foizga ortdi. Bu haqda Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Jomboy viloyatining jamoat tashkilotlari va etnik-madaniy birlashmalari rahbarlari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ma’lum qildi. Bu haqda «1news.uz»ga tayanib «Daryo» xabar berdi.

Yaqinda O‘zbekistonga qilgan tashrifi hamda O‘zbekiston bilan munosabatlar haqida gapirar ekan, Nursulton Nazarboyev hamma bilan do‘st bo‘lish kerakligini ta’kidladi.

«Hozir aloqalar yaxshilanmoqda, yo‘llar, chegaralar ochiq, O‘zbekistonga avtobuslar qatnovi to‘liq yo‘lga qo‘yildi, poyezdlar qatnayapti, samolyotlar shaharlarga uchyapti. Joriy yilning dastlabki olti oyida yo‘lovchilar oqimi 60 foizga o‘sdi. Bundan yaxshiroq yana nima bo‘lishi mumkin? Bu haqida ko‘p marotaba gapirganman, eng muhimi, barcha yutuqlarimiz — biz barqaror ekanligimiz tufayli, », — dedi Qozog‘iston prezidenti.

Eslatib o‘tamiz, 2003 yildan beri O‘zbekiston va Qozog‘iston respublikalari o‘rtasida yo‘lovchilar tashish uchun muntazam avtobuslar xizmat ko‘rsatmaydi. Qayd etish kerakki, bir sutka davomida ikki davlat chegarasini 2000—3000 odam piyoda kesib o‘tadi.

2017 yilning 23 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘istonga uyushtirgan rasmiy tashrifi chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qozog‘iston Respublikasi Hukumati o‘rtasida 2008 yil 20 martda imzolangan Xalqaro avtomobil transporti to‘g‘risidagi Bitimga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi protokol imzolangandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Nursulton Nazarboyev: O‘zbekistonga avtobuslar qatnovi to‘liq yo‘lga qo‘yilgan