11:29 / 19.09.2017
9 345

Xitoy kompaniyasi O‘zbekistonda chinni buyumlar ishlab chiqaradi

Xitoy kompaniyasi O‘zbekistonda chinni buyumlar ishlab chiqaradi
O‘zbekiston Davlat investitsiyalar qo‘mitasida Xitoyning "Suzhou Weiji" kompaniyasi rahbari Van Yutao bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston hududida chinni buyumlar ishlab chiqarish bo‘yicha investitsiya loyihasini hayotga tatbiq etish masalasi muhokama etildi. Bu haqda «O‘zbekiston Davlat investitsiyalar qo‘mitasi» matbuot xizmatiga tayanib «Kun.uz» xabar qilmoqda.

Tomonlar mahalliy xom ashyodan chinni mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha sanoat kompleksi hamda Toshkentda sohaviy ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish masalalarini muvofiqlashtirib olishgan.

Shuningdek, loyihani tayyorlash va amalga oshirish uchun qo‘shma ishchi guruh tashkil etilgan.

Ushbu loyiha O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning shu yil may oyida XXRga amalga oshirgan davlat tashrifi doirasida erishilgan kelishuvlar asosida amalga oshiriladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Xitoy kompaniyasi O‘zbekistonda chinni buyumlar ishlab chiqaradi