13:03 / 20.09.2017
6 566

Shavkat Mirziyoyev BMT minbariga qanday xarita bilan chiqdi?

Shavkat Mirziyoyev BMT minbariga qanday xarita bilan chiqdi?
Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh assambleyasining 72-sessiyasida bugungi kunda Markaziy Osiyo mintaqasi doirasidan chiqib, xalqaro muammoga aylangan Orol fojiasiga dunyo hamjamiyati fikrini qaratdi, deb yozadi Qalampir nashri.

Prezident Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashda mintaqaning umumiy suv zaxiralaridan oqilona foydalanish masalasi bugungi kunda asosiy masala bo‘lib qolishini aytib o‘tdi.

BMT Bosh kotibining “suv, tinchlik va xavfsizlik muammolari o‘zaro chambarchas bog‘liq”, degan fikri Shavkat Mirziyoyev tomonidan to‘la qo‘llab-quvvatlanishi bildirildi.

Suv muammosini hal qilishning mintaqa mamlakatlari va xalqlari manfaatlarini teng hisobga olishdan boshqa oqilona yo‘li yo‘q ekanini O‘zbekiston rahbari ishonch bilan gapirdi.

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston BMTning preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markazi tomonidan ishlab chiqilgan Amudaryo va Sirdaryo havzalari suv resurslaridan foydalanish to‘g‘risidagi konvensiyalar loyihalarini qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi.

Ekologik muammolardan biri bo‘lgan Orol halokatiga jahon hamjamiyatining e’tiborini qaratib, Prezident o‘z qo‘lida Orol fojiasi aks ettirilgan xarita borligini aytdi.

Dengizning qurishi bilan bog‘liq oqibatlarni bartaraf etish uchun harakatlarni birlashtirish zarurligi qayd etildi.

Prezident BMT tomonidan Orol fojiasidan jabr ko‘rgan aholiga amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha qabul qilingan maxsus dastur amalga oshirilishini qo‘llab quvvatlashini aytib o‘tdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Shavkat Mirziyoyev BMT minbariga qanday xarita bilan chiqdi?