2017 yilning 22 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.
Majlisda deputatlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartishlar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi ham ko‘rib chiqildi.
Ushbu qonun loyihasi, deputatlar ta’kidlab o‘tganidek, bozor iqtisodiyotining asosiy shartlaridan biri bo‘lgan xususiy mulk kafolatlarini ta’minlashda va himoya qilishda hal qiluvchi ahamiyatga ega. Bugungi kunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 211-moddasiga muvofiq jinoyat quroli, kimga tegishliligidan qat’i nazar, musodara qilinishi kerak bo‘lgan va tegishli muassasalarga topshirilgan yoki yo‘q qilib yuborilgan.
Qonun loyihasiga muvofiq, ushbu talabga o‘zgartish kiritilib, gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga, mahkumga tegishli bo‘lgan jinoyat qurollari musodara qilinishi kerakligi va tegishli muassasalarga topshirilishi yoki yo‘q qilib yuborilishi nazarda tutilmoqda. Jinoyat qurollari gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga, mahkumga tegishli bo‘lmagan taqdirda, ular mulkdorlariga qaytarib beriladi.
Tahririyat izohi: Jinoyat qurollari – shaxs jinoyatni sodir etish uchun tayyorlagan yoki foydalangan har qanday predmet, masalan, sovuq qurollar, transport vositalari, asbob-uskuna va h.k. bo‘lishi mumkin. Ular jinoyat tarkibi belgilariga qo‘shiladi, chunki ular jinoyat sodir qilishini yengillashtiradi, jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasini oshiradi.
Masalan, jinoyatchi Damas rusumli avtomashinada kontrabanda mahsulotlarini tashigan bo‘lsa, yakunda o‘sha kontrabanda mahsulotlari ham, jinoyat quroli sifatida foydalanilgan Damas avtomashinasi ham musodara qilinadi. Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, agar Damas avtomashinasi birovniki bo‘lsa va uning egasi o‘z mashinasida kontrabanda mahsuloti tashilayotganini bilmagan bo‘lsa ham (masalan, ijaraga bergan), Damas avtomobilidan ayrilib qolar edi. Qonunchilikka yuqorida nazarda tutilgan o‘zgarish kiritilsa, amaliyotda ushbu muammo hal qilinishi kutilmoqda.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Toshkentda vafot etgan rossiyalik jurnalist ishiga doir qo‘shimcha ma’lumot