06:22 / 26.09.2017
5 375

Marketing va reklama Haftaligi ADWEEK 2017 yana eng saralarni to‘plamoqda

Marketing va reklama Haftaligi ADWEEK 2017 yana eng saralarni to‘plamoqda
Marketing, reklama, dizayn, media va ko‘ngilochar tadbirlar industriyasi sohalari mutaxassislari reklama va marketing kommunikatsiyasi sohalarida innovatsion yechimlar xilma-xilligini muhokama qilish maqsadida yana bir bor to‘planadilar. ADWEEK 2017 marketing va reklama Haftaligi doirasida ko‘rgazma, tarmoqli konferensiya, tanlov, bir necha mahorat darslari va seminarlar bo‘lib o‘tadi.

2016 yilda ilk bor bo‘lib o‘tgan marketing va reklama Haftaligi industriyaning eng sara vakillarini to‘plagan holda, darhol o‘zini trendli va ilhomlantiruvchi voqea sifatida ko‘rsata oldi. Haftalik tadbirlariga 2600 dan ziyod kishi tashrif buyurdi, turli tadbirlarda 40dan ziyod mahalliy va xorijiy ekspertlar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.

«ADWEEK 2017 Haftaligi marketing va reklama sohasida ma’lumotlar taqdim etuvchi va o‘zaro aloqalar o‘rnatishga yo‘naltirilgan asosiy maydonga aylanishi kutilmoqda. Panelli munozaralar davomida O‘zbekiston marketing tarmog‘idagi dolzarb masalalar, muhim yo‘nalishlar va istiqbollar muhokama etiladi, - deydi Diyor Mirzaaxmedov, «Milliy marketing markazi» tashkilotlar Assotsiatsiyasi boshqaruvi raisi.

ADWEEK Ko‘rgazmasi bilan bir vaqtning o‘zida davlat organlari, reklama sohasi mutaxassislari, marketolog va tadbirkorlar ishtirokida amaliy anjumanlar o‘tkaziladi, ularda mutaxassislar marketingda qo‘llaniladigan zamonaviy texnologiyalar, reklama faoliyati va taraqqiyot vositalarini boshqarish sohalaridagi amaliy tajribalari bilan o‘rtoqlashadilar.

Haftalikning eng qiziqarli tadbirlardan biri ADWEEK tanlovi bo‘lib, u 2017 yilning oktyabridan boshlanib, 5 oy davom etadi. Maqsad - bozor iqtisodiyoti va reklama industriyasining zamonaviy talablariga javob bera oladigan amaldagi brendlari, marketing loyihalari va reklama kampaniyalarini qo‘llab-quvvatlash va yangilarining yuzaga kelishiga ko‘maklashishdan iborat.

Tanlov yangi sarmoyadorlar, hamkorlar va iste’molchilar diqqatini jalb etish hamda mahalliy mahsulotlar va brendlarni rivojlantirishda noan’anaviy marketing va reklama yo‘nalishlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. ADWEEK 2017 marketing va reklama Haftaligini yakunlovchi mukofotlarni topshirish marosimida 13ta asosiy yo‘nalish bo‘yicha tanlov g‘oliblari e’lon qilinadi.

ADWEEK 2017 marketing va reklama Haftaligiga tayyorgarlik doirasida 2017 yil 04 oktyabr kuni soat 11:00da «Poytaxt» Biznes markazida birinchi rasmiy matbuot-anjumasi bo‘lib o‘tadi.

ADWEEK 2017 Marketing va reklama Haftaligi haqidagi batafsil ma’lumotga
www.adweek.uz sayti orqali ega bo‘lishingiz mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Marketing va reklama Haftaligi ADWEEK 2017 yana eng saralarni to‘plamoqda