Toshkentda surxondaryolik valyutafurushlar 10 ming dollar bilan qo‘lga olindi

Toshkentda surxondaryolik valyutafurushlar 10 ming dollar bilan qo‘lga olindi. Bu haqda “Ogoh” gazetasiga asoslanib Kun.uz yozmoqda.
Aytilishicha, surxondaryolik yigitlar – 1986 yili tug‘ilgan Fazliddin Xoliqov va 1992 yili tug‘ilgan Abdurashid Abdullaevlar hech qayerda ishlamay, turli yo‘llar bilan tirikchilik qilib kelgan. Bir kuni tanish ayol Abdullaevdan uy sotib olish uchun so‘mga dollar beradigan odam topib berishni so‘ragan.
Abdullaev Xoliqovga murojaat qilib, yonidagi pullarni qora bozor narxida almashtirib, foyda ko‘rishni talab qilgan. Xoliqov rozi bo‘lgan.
Belgilangan kuni Abu Saxiy bozori yaqinidagi avtomashina turargohida bu ikki shaxs mijozga 9.9 ming dollar o‘tkazayotgan paytda qo‘lga olindi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing