Joriy yilda eksport salohiyatini oshirish maqsadida takroriy ekindan olinadigan mosh mahsuloti eksportini tizimli tashkil etish, istiqbolli tashqi bozorlarga chiqish, mahsulot eksport mavqeini ko‘tarish maqsadida «O‘zbekoziqovqatxolding» kompaniyasi tarkibidagi «O‘zagroeksport» AJ fermer va dehqon xo‘jaliklari tomonidan yetishtirilgan moshni xarid qilishni boshlayotganini e’lon qiladi.
Xarid qilinishi mo‘ljallanayotgan mosh quyidagi asosiy talablarga javob berishi kerak:
tozaligi - ≥ 99%;
namligi - ≤ 11%;
ifloslanganlik darajasi (tosh, begona jismlar) - ≤ 1%;
o‘xshashligi (rangi bo‘yicha bir xil yashilligi) - ≥ 98%;
qadoqlanishi - 25-50 kilogrammlik qoplar.
Ushbu talablarga javob beradigan mosh mahsuloti quyidagi narxlarda xarid qilinadi:
1-kategoriya (2,5-3 mm) – 3000 so‘m/kg;
2-kategoriya (3-3,5 mm) – 3500 so‘m/kg;
3-kategoriya (3,5 mmdan katta) – 4000 so‘m/kg.
«O‘zbekoziqovqatxolding» kompaniyasi siz bilan hamkorlik qilishga doimo tayyor», deyiladi dehqonlar va fermerlar uchun murojaatda.
Murojaat uchun telefon: +99871 255 46 45
Elektron manzil: [email protected]
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p?
“Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto)
Tramp Ukrainadagi mojaroga barham berish uchun “maxfiy” reja ishlab chiqdi
Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi
Ayollar erkaklarga qaraganda uzoqroq yashashadi, lekin...
Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi
Kilian Mbappe Useyn Bolt bilan poyga qilish istagi haqida fikr bildirdi
2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi