O‘zbekiston FVV kuchli shamol haqida ogohlantirdi

O‘zbekiston FVV kuchli shamol haqida ogohlantirdi
O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi mamlakatning ayrim hududlarida shamolning kuchayishi haqida ogohlantirdi, deb yozadi Kun.uz nashri.

O‘zbekiston FVV ma’lumotlariga ko‘ra, 2 noyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati, 3 noyabrda esa – Surxondaryo, Qashqadaryo, Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo hamda Toshkent viloyatlari va Toshkent shahrida shamol tezligi 17-22 m/s.ga (60-80 km/s) qadar kuchayishi kutilmoqda.

FVV fuqarolardan kuchli shamol chog‘ida ehtiyot choralarini ko‘rishni so‘ragan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar