17:23 / 01.11.2017
5 711

Markaziy bank tadbirkorlardan to‘lov terminallari ijara haqini so‘mda qabul qila boshladi

Markaziy bank tadbirkorlardan to‘lov terminallari ijara haqini so‘mda qabul qila boshladi
Markaziy bank va O‘zbekiston banklar assotsiatsiyasi banklararo chakana to‘lov tizimida mijozlarga xizmat ko‘rsatishda so‘m plastik kartalari orqali hisob-kitoblarni amalga oshirishda bank va nobank kredit tashkilotlari uchun amaldagi tavsiyaviy tariflar rejasiga ayrim o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritdi. Bu haqad «Biznes-Daily»ga tayanib «Daryo» xabar berdi.

Xalqaro to‘lov (konversiya) kartalaridan foydalanish keng yo‘lga qo‘yildi.

Markaziy bank ma’lumotiga ko‘ra, ilgari yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning to‘lov terminallari uchun to‘laydigan ijara haqi mos ravishda – besh va ikki yarim yevrogacha ekvivalentda belgilangan. Joriy etilgan yangi tarifga asosan, to‘lov terminallari ijara haqi so‘mga o‘tkazilgan. Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun mos ravishda 25 ming va 15 ming so‘m etib belgilangan.

Yo‘qotilgan plastik kartalarni yangisiga almashtirish uchun talab etiladigan majburiy to‘lovlar qiymatida ham o‘zgarishlar mavjud. Ilgari jismoniy shaxslarga yo‘qotilgan yoki shikastlangan plastik kartalari o‘rniga yangisi berilganda besh yevro ekvivalentigacha, yuridik va yakka tartibdagi tadbirkorlardan esa 10 yevrogacha ekvivalentda haq olinardi. Endi yangi tarifda ayni xizmatlar uchun jismoniy shaxslardan 10 ming so‘mgacha, yuridik va yakka tartibdagi tadbirkorlardan 15 ming so‘mgacha haq olish tavsiya etilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Markaziy bank tadbirkorlardan to‘lov terminallari ijara haqini so‘mda qabul qila boshladi