Ayni vaqtda hukm surayotgan iliq ob-havo yaqin kunlarda o‘z o‘rnini salqin havoga bo‘shatib beradi. Shu haftada O‘zbekistonda havo harorati keskin tushib ketishi kutilmoqda.
15 noyabrdan harorat +11...+13 darajagacha tushadi. Ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi markazi Nukus shahri va Xorazm viloyati markazi Urganch shahrida harorat kechasi 2 darajagacha sovub ketadi.
Ayni vaqtda hududlarda harorat o‘rtacha 15–20 daraja iliq. Toshkent shahrida esa harorat 18–20 daraja iliqni tashkil etadi.
Avval xabar berganimizdek, bu yil issiqlik ta’minoti avvalgi yillarga nisbatan kechroq ishga tushishni boshladi. Bu yilgi kuz ham ancha iliq bo‘lganligi barchamizga ma’lum.
10 noyabrdan boshlab sinov tariqasida ijtimoiy soha ob’ektlarida, 12 noyabrdan esa turar-joy binolarida issiqlik tizimi ishga tushishi haqida xabar bergan edik. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”