
O‘zbekiston bosh prokurori Ixtiyor Abdullayev boshchiligidagi delegatsiya 2017 yilning 29—30 noyabr kunlari Rossiyada bo‘ladi. Bu haqda «UzDaily»ga tayanib «Daryo» nashri yozmoqda.
O‘zbekiston delegatsiyasi tashrif chog‘ida Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tadigan ShHTga a’zo davlatlarning bosh prokurorlari ishtirokidagi 15-majlisda hamda MDH davlatlari bosh prokurorlarining Muvofiqlashtiruvchi kengashining 27-majlisida ishtirok etadi.
Shuningdek, O‘zbekiston delegatsiyasi Sankt-Peterburg Xalqaro prokurorlar uyushmasining mintaqaviy vakolatxonasining ochilish marosimida ishtirok etishi kutilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar