
1-2 dekabrda O‘zbekiston bo‘ylab yog‘ingarchilik kuzatiladi. Ba’zi joylarda kuchli yomg‘irlar qorga aylanishi, shamol tezligi soniyasiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin, deb yozmoqda Kun.uz nashri.
2-3 dekabrda esa havo harorati keskin pasayishi prognoz qilinmoqda: kechasi harorat minus 5-10 gradus sovuq, kunduzi -2 dan +3 gradusgacha bo‘ladi. O‘zbekistonning shimoliy qismida kechasi harorat minus 7-12 gradusgacha, kunduzi esa minus 2-7 gradusgacha pasayadi.
Kechasi minus 5-10 gradus va kunduzi -2 dan +3 gradusgacha sovuq harorat 7 dekabrgacha saqlanib qoladi.
Toshkentda 1 dekabrda kechga yaqin qorga aylanishi mumkin bo‘lgan yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Shamol tezligi 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 1-3 gradus, kunduzi esa 3-5 gradus iliqni tashkil qiladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar