date

Toshkentda plastik kartadagi pullarni naqdlashtirib berish bahonasida odamlarni aldab yurgan firibgar qo‘lga olindi

Toshkentda plastik kartadagi pullarni naqdlashtirib berish bahonasida odamlarni aldab yurgan firibgar qo‘lga olindi

Toshkentda plastik kartadagi pullarni naqdlashtirib berish bahonasida odamlarni aldab yurgan firibgar qo‘lga olindi. Bu haqda “Ogoh” gazetasiga asoslanib Kun.uz sayti yozmoqda.

Aytilishicha, Fazliddin Erkinov ismli shaxs O‘rikzor bozorida ishlab yurib, turli shaxslarning bank kartalarida to‘planib qolgan pullarni naqdlashtirib berish yo‘li bilan ularning ishonchini qozonib kelgan. Ammo vaqt o‘tishi bilan u o‘sha insonlarning pullariga ega chiqishni rejalashtirgan.

Shu maqsadda u Shahnoza Tolipovaga 3 dona LG rusumli plazma ekranli televizorlarni sotishini aytib, undan 2 mln so‘mdan ortiq pul olgan, ammo bu pullarni qaytarib bermagan, shuningdek, mahsulotni ham etkazib bermagan.
Bundan tashqari, Farangiz Ismatovaning bank kartasidagi 1.8 mln so‘m mablag‘ni naqdlashtirish bahonasida o‘zlashtirib, qaytarib bermagan. Buning natijasida ayollar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilishga majbur bo‘lgan.

Sud qarori bilan Fazliddin Erkinovga tegishli jazo tayinlandi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Toshkentda plastik kartadagi pullarni naqdlashtirib berish bahonasida odamlarni aldab yurgan firibgar qo‘lga olindi