9 927
Tekstil kompaniyalari yagona Uztextile brendi ostida mahsulot chiqaradi – Prezident farmoni
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni e’lon qilindi, deb yozmoqda Kun.uz nashri.
Farmonda mamlakat to‘qimachilik sanoatining izchil rivojlanishiga to‘siq bo‘layotgan qator tizimli muammolar sanab berilgan.
Respublika to‘qimachilik sanoatining jadal rivojlanishini ta’minlash, yuqori sifatli va raqobatbardosh tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish, uni yirik xorijiy bozorlarga yanada ilgari surish, shuningdek, 2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni izchil amalga oshirish maqsadida ushbular to‘qimachilik sanoatini yanada isloh qilishning muhim yo‘nalishlari etib belgilanmoqda:
1). To‘qimachilik sanoatining iqtisodiyotdagi ulushini oshirish, mamlakatda ishlab chiqarilayotgan to‘qimachilik mahsulotlarining, eng avvalo, yuqori qo‘shilgan qiymatli raqobatbardosh to‘qimachilik mahsulotlarini yuqori texnologik ishlab chiqarishga qayta yo‘naltirish orqali hajmi va sifatini oshirish;
2). To‘qimachilik sanoatining boshqaruv tizimini ilg‘or menejment texnologiyalari, tarmoq korxonalariga har tomonlama ko‘maklashish va qo‘llab-quvvatlashning, shu jumladan ularning rivojlanishiga to‘sqinlik qiluvchi muammolarni hal etishda samarali shakllarini joriy etgan holda tubdan qayta ko‘rib chiqish;
3). To‘qimachilik sanoati sohasidagi standartlashtirish va sertifikatlashtirish tizimini xalqaro talab va standartlarga uyg‘unlashtirish, shuningdek, mahsulotlar sinov laboratoriyalarini modernizatsiya qilish va akkreditatsiyadan o‘tkazish orqali yanada takomillashtirish;
4). Tarmoqqa to‘qimachilik mahsulotlari mahalliy va xorijiy bozorlarining holati hamda rivojlanish tendensiyalari haqidagi ishonchli va o‘z vaqtida axborotlar olishni ta’minlash imkonini beruvchi ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, tarmoq rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlarini aniqlash maqsadida uni tizimli va kompleks tahlil qilish;
5). Paxta xom ashyosini yetishtirishdan boshlab, unga dastlabki ishlov berish, mahsulotni paxta tozalash korxonalarida keyingi qayta ishlash va yuqori qo‘shilgan qiymatli tayyor to‘qimachilik mahsuloti chiqarish bosqichigacha bo‘lgan ishlab chiqarishni integratsiya qilishni nazarda tutuvchi rivojlanishning klaster modelini amalga oshirish;
6). Xom ashyo resurslari taqsimotining mutanosibligi va tashkil etilayotgan tarmoq korxonalarining logistika va muhandislik infratuzilmasini rivojlantirish bilan o‘zaro uzviy bog‘liqlikda, shu jumladan ko‘p funksiyali transport-logistika xablarini qurish, yuklarni yetkazishning optimal yo‘nalishlari hamda yo‘laklarini tanlash, shuningdek, transportda yuk tashish tariflarini optimallashtirish orqali joylashuvini ta’minlash;
7). Yuqori sifatli tayyor to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish va eksportini kengaytirish, milliy brendlarni jahon bozorlariga ilgari surish maqsadida ishlab chiqarish jarayoniga ilg‘or innovatsion texnologiyalar, nou-xau, dizaynerlik ishlanmalarini keng joriy etish, furnitura va aksessuarlarning zamonaviy namunalarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish;
8). Talab yuqori bo‘lgan mutaxassisliklar bo‘yicha yo‘nalishlarni kengaytirgan holda to‘qimachilik sanoati uchun kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish, ta’lim muassasalarining o‘quv dasturlarini tarmoqning zamonaviy rivojlanish tendensiyalarini hisobga olgan holda qayta ko‘rib chiqish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini, shuningdek, ushbu sohada xalqaro hamkorlikni faollashtirish.
Farmonga ko‘ra, 2018 yil paxta hosilidan boshlab, eksperiment tartibida mahalliy to‘qimachilik sanoati korxonalari tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilaridan paxta xom ashyosini yetishtirishga buyurtma qilish va avans berish, shu jumladan quyidagi shartlarni nazarda tutuvchi tizim joriy etiladi:
- xarid qilinadigan paxta navi va hajmi, uni yetkazib berish muddatlari hamda tartibi fermer xo‘jaligi va to‘qimachilik sanoati korxonasi o‘rtasida tuziladigan shartnomada belgilanadi;
- paxta xom ashyosini dastlabki qayta ishlash paxta tozalash korxonasi tomonidan qayta ishlash asosida yoxud to‘qimachilik korxonasi tomonidan xususiy yoki ijaraga olingan paxta tozalash korxonasida amalga oshiriladi;
- to‘qimachilik sanoati korxonalari fermer xo‘jaliklarining xarajatlarini (chigit, mineral o‘g‘itlar, yoqilg‘i-moylash materiallari, o‘simliklarni kimyoviy himoya qilish vositalari, ish haqini to‘lash va ko‘rsatilgan xizmatlarga haq to‘lash xarajatlari, boshqa sarf-xarajatlar) tuzilgan shartnoma qiymatining kamida 60 foizini avans berish yo‘li bilan moliyalashtirishni amalga oshiradi;
- to‘qimachilik sanoati korxonalari tomonidan xarid qilinadigan paxta xom ashyosi narxi fermer xo‘jaliklarining haqiqiy xarajatlarini va rentabelligini tahlil qilishdan kelib chiqib, shartnoma asosida belgilanadi va davlat ehtiyojlari uchun o‘rnatilgan narxlardan past bo‘lmasligi lozim;
- to‘qimachilik sanoati korxonalari olingan chigitni shartnoma asosida yog‘-moy korxonalariga, qo‘shimcha mahsulotlarni (lint, o‘lik paxta) boshqa iste’molchilarga realizatsiya qiladi;
- to‘qimachilik sanoati korxonalari tomonidan xarid qilingan paxta xom ashyosidan faqatgina uni keyinchalik chuqur qayta ishlash uchun foydalaniladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2018 yil 15 yanvarga qadar 2018 yil hosilining paxta xom ashyosi uchun davlat xaridi narxi belgilanishini hamda qayta tuzilgan shartnomalarni hisobga olgan holda, 2018 yil 20 yanvarga qadar muddatda to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘qimachilik sanoati korxonalari, shuningdek, paxta-to‘qimachilik klasterlari ishtirokchilari bilan paxta xom ashyosini yetishtirish va yetkazib berishga kontraktatsiya shartnomalari bilan qamrab olinmagan fermer xo‘jaliklari kesimida 2018 yil hosilining paxta xom ashyosi ekilishi uchun «O‘zpaxtasanoat» AJ buyurtmasining hajmi aniqlanishini ta’minlayin.
O‘zbekiston to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati korxonalari uyushmasini («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi) tashkil etiladi. «O‘zbekengilsanoat» AJni uning mol-mulklari va davlatga tegishli boshqa mablag‘lari, shuningdek, debitor qarzdorligini keyinchalik «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasiga beg‘araz o‘tkazish orqali tugatiladi;
Paxta-to‘qimachilik klasterlarini o‘rta muddatli istiqbolda rivojlantirish konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha ishchi komissiya tashkil etiladi.
Qonunchilikda belgilangan tartibda yuqori sifatli mahsulotlarni yagona «Uztextile» belgisi bilan eksport qilinadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Srechko Katanes: "Qanday qilib so‘nggi daqiqada oddiy gol o‘tkazdik, buni bilmayman"