
Qirg‘iziston milliy energetika xoldingi 20 dekabrdan so‘ng O‘zbekistonga elektr energiyasini yetkazishni boshlaydi. Xoldingning rejalari haqida boshqaruv raisi Oybek Qaliyev bayonot berdi. Bu haqda «Tazabek» nashriga tayanib «Daryo» xabar berdi.
Aytilishicha, O‘zbekiston bilan tuzilgan shartnoma 2017 yil dekabridan 2018 yil martiga qadar 550 mln kVt/soat elektr energiyasi yetkazib berilishini nazarda tutadi.
Energiyaga bo‘lgan ehtiyojning ortishi munosabati bilan 13 dekabrdan To‘xtagul GESda ikkinchi agregat ishga tushirildi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar