Prezident qaroriga ko‘ra, 2018 yilning 1 yanvaridan boshlab ta’lim va tibbiyot sohasi xodimlarini metall lomlari va qora metallar chiqiti yig‘ishga jalb etish taqiqlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 18 dekabrda qabul qilgan, «2018 yilda metalllom tayyorlash, qora metall prokatini ishlab chiqish va iste’mol qilish to‘g‘risida»gi Qarori bilan, tibbiyot xodimlari va maktab o‘quvchilarini metallolom yig‘ishga jalb etish taqiqlandi.
Ushbu qaror 2018 yilning 1 yanvaridan boshlab kuchga kiradi.
Shuningdek, mazkur hujjatda «O‘zmetkombinat» tomonidan ishlab chiqilgan qora metall prokatini sotish, faqat birja orqali amalga oshirilishi belgilab qo‘yilgan.
2018 yildan boshlab korxonalarning bankrotlik, tugatilish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish davrida hisobdan chiqarilayotgan ma’naviy eskirgan uskuna va metall konstruksiyalari lom va qora metallarning chiqiti sifatida shartnoma asosida «O‘zmetkombinat» AJga erkin (shartnoma) narxlarida majburiy topshirilishi belgilab qo‘yilmoqda.
Bundan tashqari, metallurgiya sohasida qora prokat ishlab chiqarish uchun xom ashyo olib kiruvchi xo‘jalik sub’ektlari, 2019 yilning 1 yanvarigacha bojxona soliqlaridan ozod qilinadi.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Britaniya muzeyi mamlakat tarixidagi eng qimmat sovg‘aga ega bo‘ladi