16:39 / 22.12.2017
9 249

O‘zbekiston tarixida birinchi marta Prezident Murojaatnoma taqdim etmoqda

O‘zbekiston tarixida birinchi marta Prezident Murojaatnoma taqdim etmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev birinchi marta mamlakatimiz parlamenti – Oliy Majlisga Murojaatnoma taqdim etmoqda. Prezidentning Parlamentga murojaati «O‘zbekiston 24» telekanalida hamda ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda namoyish etilmoqda.

Murojaatnoma 2017 yilda amalga oshirilgan asosiy ishlar yakuni va O‘zbekiston Respublikasini 2018 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan. Unda Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi a’zolari bilan birga, videokonferensiya aloqa tizimi orqali tuman, shahar va viloyatlardagi mahalliy kengashlarga saylangan xalq deputatlari hamda barcha bo‘g‘indagi ijro hokimiyati va xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlari, nodavlat tashkilotlar vakillari keng tarkibda ishtirok etmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston tarixida birinchi marta Prezident Murojaatnoma taqdim etmoqda