21 dekabr kuni Rossiya Federatsiyasi hududida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini tashkiliy jalb etish to‘g‘risidagi hukumatlararo bitim kuchga kirdi. Bu haqda «Gazeta.uz»ga tayanib «Daryo» xabar berdi. Hujjat 5 aprel kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga davlat tashrifi chog‘ida imzolangan edi.
Bitim ishchi kuchi harakatlanishi jarayonlarini tartibga solish va huquqiy tartibga solishni yanada takomillashtirish, shuningdek, Rossiya Federasiyasi hududida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan mehnatkash-migrantlarning huquq va qonuniy manfaatlari himoya qilish zaruriyatidan kelib chiqib ishlab chiqilgan.
Bitim Rossiya Federasiyasi hududida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini tashkiliy jalb etish va ishga qabul qilish bo‘yicha tomonlar hamkorligining tartibi va shartlarini belgilab beradi.
Bitim O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi mehnat migrasiyasi jarayonlarini qonuniy oqimga solish imkoniyatini yaratadi, ikkala mamlakat fuqarolarining manfaatlariga xizmat qiladi, mehnatkash-migrantlarning huquq va erkinliklarini himoya etadi, ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarni kafolatlaydi, shuningdek odam savdosining rivojlanishiga sabab bo‘ladigan noqonuniy migrasiyaning oldini oladi.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar