Toshkentda korxona rahbaridan yashirinchi 15 mln so‘mga ketchup sotib yuborgan ombor mudiri sudlandi

Toshkent shahrida ro‘yxatdan o‘tib, oziq-ovqat mahsulotlari sotish bilan shug‘ullangan Malika-Bonu-Savdo MChJ ombor mudiri Temur Ashuraliev noqonuniy oldi-sotdi qilganlikda ayblanib, hibsga olindi. Bu haqda “Huquq” gazetasiga asoslanib Kun.uz xabar bermoqda.
Aytilishicha, u MChJ rahbaridan yashirgan holda 8.7 mln so‘mlik shokolad, 15.54 mln so‘mlik ketchup va 7 mln so‘mlik konservalangan jo‘hori va bodring sotib yuborgani aniqlangan. Savdodan tushgan pullarni u o‘z ehtiyojlariga ishlatgan. Uning tadbirkorlik sub’ektlariga etkazgan zarar 31 mln so‘mdan ortib ketgan.
Sud Ashuraliev o‘ta og‘ir bo‘lmagan jinoyatni sodir etganligini inobatga olgan holda unga nisbatan ochilgan jinoyat ishini tugatish haqida ajrim chiqardi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing