O‘zbekiston jahon hamjamiyatida o‘z o‘rnini topishi kerak, lekin bitta prezidentning o‘zi bu vazifani uddalay olmaydi. O‘zbekiston davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatiga tashrifi chog‘ida o‘tkazgan videoselektorda shu haqda fikr bildirgan. Bu haqda Kun nashri xabar bermoqda.
“Albatta, biz dunyo hamjamiyatida o‘zimizning o‘rnimizni topishimiz kerak. Lekin o‘zimizning o‘rnimizni bitta prezident o‘zi topolmaydi. Prezident harakat qiladi, prezident siyosat yuritadi. O‘rnimiz qachon topiladi? Odamlar rozi bo‘lsa topiladi. O‘zbekistonning obro‘ topishi oson ish emas. Atigi bir yil ichida Amerika prezidenti bekorga telefon qilmaydi. Prezident o‘z yo‘liga, Amerika siyosati bekorga telefon qilmaydi. Buni tushungan tushunadi, - dedi prezident. Xo‘sh, shunday ekan, biz qachon o‘zgaramiz?
Yaqinda Abdulla Nig‘matovich Tojikistonga borib tashrifni muhokama qilib keladi. Biz katta-katta shartnomalarga qo‘l qo‘yib, temir yo‘lni ham ochamiz, elektr energiyasi uzatishga kelishdik. Boshqa-boshqa masalalar ham shunday. Hamma o‘tadi bu dunyodan, ammo qo‘shni bilan yaxshi bo‘lmaganni hech kim, hech qachon kechirmaydi. Shuni hamma bilishi kerak. Bizga qo‘shnilarning hammasi yaxshi bo‘lishi kerak. Bu oson emas. Biz 20 yillik muzni eritishimiz kerak.
Dunyo hamjamiyati nima deydi: sen avval qo‘shning bilan til topishgin, biz keyin do‘st bo‘lamiz, deydi. Sen qo‘shning bilan til topishmasang, biz bilan qanday do‘st bo‘lishing mumkin, deydi”, - deya tashqi siyosat masalalariga doir fikrlarini bildirdi Prezident.
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi