2018 yilda sud tizimi xodimlarini tayyorlashga ixtisoslashgan yangi shakldagi «O‘zbekiston Odil sudlov akademiyasi» tashkil etilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda «Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili» davlat dasturi loyihasida ma’lum qilingan.
Sud tizimi xodimlarini tayyorlash, malakasini oshirishga xizmat qiladigan ixtisoslashtirilgan o‘quv muassasasi joriy yilning 30 iyuniga tashkil etilishi belgilangan. Yangi akademiyaning moliyalashtirish manbasi Rivojlanish davlat dasturidan kelib chiqib aniqlanishi aytilgan bo‘lib, uning faoliyatni yo‘lga qo‘yishga Oliy sud, Sudyalar kengashi, Adliya vazirligi, Bosh prokuratura va Moliya vazirligi mas’ul etib ko‘rsatilgan.
Bundan tashqari, 2018 yilgi davlat dasturi loyihasida Oliy sud tuzilmasida sud amaliyotini tahlil qilish va qonunchilik boshqarmasini tashkil etish nazarda tutilmoqda. Shuningdek, Oliy sud sudyasi yordamchisi shtat birligini joriy etish hamda viloyat va tuman (shahar) sudlar tizimini maqbullashtirish rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 30 iyuniga qadar, markaziy sud organlari va muassasalari faoliyati uyg‘unligini ta’minlash maqsadida ularni joylashtirish bo‘yicha yagona kompleks «Adolat saroyi» majmuasi barpo etilishi haqida xabar berilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi