7 448
O‘zbekiston fuqarolariga xorijda ishlash uchun ruxsatnoma berish tartibi bekor qilinadi
Keng jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan 2018 yilgi Davlat dasturi loyihasida mamlakatning tashqi siyosatini takomillashtirish masalalariga alohida urg‘u berilgan, deb xabar beradi Sof.uz nashri.
Xususan, qator xorijiy davlatlarda O‘zbekistonning elchixonalarini ochish va hozirda faoliyat yuritayotgan diplomatik vakolatxonalarni kengaytirish rejalashtirilmoqda. Yekaterinburg, Vladivostok, Qozon, Rostov-Don, Olmaota shaharlarida O‘zbekistonning diplomatik vakolatxonalari ochiladi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi va xorijiy davlatlardagi elchixonalar faoliyatini kompleks ravishda takomillashtirish ko‘zda tutilmoqda.
Shuningdek, xorijdagi O‘zbekiston fuqarolarining huquq va erkinliklarini himoya qilish tizimi, xususan ularga konsullik xizmati ko‘rsatilishi va yuridik jihatdan qo‘llab-quvvatlanishi masalalari qayta ko‘rib chiqiladi. O‘zbekiston fuqarolariga xorijda ishlash uchun ruxsatnoma berish tartibi bekor qilinishi kutilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi