"Taraqqiyot strategiyasi" markazida 2018 yil Davlat dasturi loyihasining birinchi ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqoti instituti direktori R.Hakimov so‘zga chiqib, sohada belgilab qo‘yilgan asosiy vazifalar hamda kutilayotgan o‘zgarishlar borasida ma’lumot berdi. Tadbirda ishtirok etgan KUN.UZ muxbiri shu haqida xabar berdi.
1. Qonun ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha konsepsiya ishlab chiqish vazifasi belgilanmoqda. Maqsad - bugungi kunda qabul qilinayotgan qonunlarni oddiy, sodda, aniq bir muammo yechimiga qaratilgan bo‘lishi, eng ilg‘or xorijiy yutuqlar asosida qonunchilikni tubdan qayta ko‘rib chiqish. Yuridik texnika tizimini ham qayta ko‘rib chiqish va to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlaydigan qonunlarni qabul qilishga o‘tishni ko‘zda tutuvchi konsepsiya ishlab chiqish;
2. Qonunchilik palatasi tibbiyot sohasida nazorat masalasiga alohida e’tibor qaratmoqda. Bu borada yaqinda qonunchilik palatasida doimiy faoliyat olib boruvchi maxsus qo‘mita ham tuzildi. Shu qo‘mitani joylarda muntazam parlament nazoratini amalga oshirish bo‘yicha faoliyatini yo‘lga qo‘yishga doir alohida normativ hujjatlarni qabul qilish va ularning samarali ishlashini ta’minlash;
2. Mahalliy kengashlar faoliyatini yanada jonlantirish. Bu borada mahalliy vakillik organi sifatida Senatning ularga ko‘maklashish funksiyasini kuchaytirish. Joylarda namunaviy mahalliy kengashlar tashkil qilish;
3. Joylardagi xalq deputatlari kengashlarining roli va vakolatini kuchaytirish. Hozirgi kunda mahalliy hokimliklar ayni paytda ham ijro etuvchi, ham vakillik organi rahbari hisoblanadi, ya’ni kengashlarga ham o‘zlari rahbarlik qiladi. Bu o‘z navbatida ularning faoliyatini samarali nazorat qilishga to‘sqinlik qiladi. Shu bois joriy yildagi Davlat dasturi loyihasida hokimlarning mahalliy xalq deputatlari kengashlariga rahbarlik qilish vakolatini olib tashlash;
4. Xalq deputatlari kengashlari tomonidan joylardagi ijro etuvchi organlar faoliyati ustidan deputatlik nazoratini amalga oshirishni kuchaytirish imkoniyatiga e’tibor qaratish;
5. Tuman hokimliklari vakolatlarini, mas’uliyatni kuchaytirish maqsadida, ularga joylardagi ijro etuvchi hokimiyat idoralari mansabdor shaxslarini o‘zlari tanlash va tayinlash huquqini berish kabi juda muhim o‘zgarishlarni amalga oshirish;
6. Mamlakatda siyosiy faollikni kuchaytirish. Partiyalar, siyosiy tashkilotlar o‘rtasidagi sog‘lom raqobat muhitini yaratish;
7. Ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish. Ayniqsa, Vazirlar Mahkamasi tuzilmasini qayta ko‘rib chiqish, optimallashtirish, har bir a’zoning shaxsiy javobgarligini kuchaytirish;
8. Ombudsmanning qamoqni saqlash joylaridagi fuqarolar huquqlariga rioya qilish bo‘yicha monitoringini yuritish yoki jazoni ijro etish muassasalaridan bo‘shatilgan shaxslarning hayot tarzi, sharoitlari monitoringini yuritish bo‘yicha vakolatlarini yanada kengaytirish. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi