
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 17 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov tavalludining 80 yilligini nishonlash borasida amalga oshirilayotgan tayyorgarlik ishlariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov, Prezidentning Davlat maslahatchisi Xayriddin Sultonov ham ishtirok etgan.
Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev 2017 yilning 27 noyabr kuni “O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, buyuk davlat va siyosat arbobi Islom Abdug‘aniyevich Karimov tavalludining 80 yilligini nishonlash to‘g‘risida”gi qarorni imzolagan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar