5 803
Turkiya prezidenti Shavkat Mirziyoyevga telefon suhbati orqali hamdardlik bildirdi
Turkiya prezidenti Rajab Erdo‘g‘an yo‘lovchi avtobusining yonib ketishi oqibatida O‘zbekiston fuqarolari fojiali halok bo‘lgani munosabati bilan prezident Shavkat Mirziyoyevga telefon orqali suhbatda hamdardlik bildirdi. Bu haqda Anadolu agentligi xabar bergan.
"Aqto‘be shahridan 320 km uzoqlikdagi masofada yuz bergan mudhish voqeada 52 nafar o‘zbekistonlikning vafot etganidan qattiq qayg‘uga botdik. Turkiya xalqi nomidan va shaxsan o‘zimning nomimdan halok bo‘lganlarning oila a’zolari hamda yaqinlariga hamdardlik va dalda so‘zlarini yetkazib qo‘yishni so‘rayman", deyiladi xabar matnida.
Bungacha, Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘li Tvitterdagi akkaunti orqali ta’sirli so‘zlarni bitib, O‘zbekiston xalqiga hamdardlik bildirgandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘istonda yonib ketgan avtobus Rossiyaning qaysi shahriga ketayotgan bo‘lgani aytilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar