2017 yilda O‘zbekistonda 31 930 ta nikohdan ajralish haqidagi dalolatnoma qayd qilingan bo‘lib, bu 2016 yilga nisbatan 2 609 taga yoki 8,1 foizga ko‘p demakdir. Adliya vazirligining FHDYo sohasidagi tahlillari natijalari shuni ko‘rsatmoqda.
FHDYo organlarida ajralishlar 621 taga (1,9 foizga), sud qarori asosidagi ajrimlar esa 1 988 taga (6,2 foizga) ko‘paygan.
2017 yil davomida nikohi bekor qilingan oilalar tahlil qilinganda, 1 yildan 8 yilgacha o‘zaro er-xotin sifatida yashab, keyin ajrashganlar soni 18 575 ta yoki 58 foizni tashkil qiladi. Bundan 2-3 yilgacha birga yashab, ajrashganlar ko‘rsatkichlari - 5 174 ta (16,2 foiz), 4-5 yilgacha birga yashab, ajrashganlar esa - 5 524 ta (17,3 foiz).
Ta’kidlash joizki, O‘zbekistonda "Oltin to‘y" bosqichidan o‘tgan, ya’ni 50 yil birga yashagan 23 oilaning nikohi ham bekor qilingan.
Bundan tashqari, 60 yil yashagan 1 ta, 61 yil yashagan 2 ta, 63 yil yashagan 1 ta, 65 yil yashagan 1 ta, 67 yil birga yashagan 1 ta oila ajrashgan.
Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz tumanida 8 nafar voyaga yetmagan farzandi bor oilaning nikohi sud tomonidan bekor qilingan.
Shunday qilib, 2017 yilda O‘zbekistonda 306 197 ta yangi oila jamiyatga qo‘shilgan bo‘lsa, shu yilgacha qayd qilingan nikohlarning 31 930 tasi bekor qilingan. 2016 yilda esa 275 048 ta nikoh qayd etilgan bo‘lib, 29 321 tasi bekor qilingan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar