
O‘zbekiston gidrometeorologiya xizmati markazining xabar qilishicha, 10 fevral kuni Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi -5 ... -3 daraja, kunduzi +7 ... +9 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Nukusda havo harorati kechasi -14 ... -9 daraja, kunduzi -2 ... +3 daraja iliq bo‘ladi. Urganchda esa kechasi -12 ... -7, kunduzi +2 ... +7 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi -7 ... -2 daraja, kunduzi +7 ... +12 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.
Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi -7 ... -2 daraja, kunduzi +7 ... +12 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi -5 ... 0 daraja, kunduzi +10 ... +15 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.
Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ham havo o‘zgarib turadi, tuman tushishi mumkin. Havo harorati kechasi -9 ... -4 daraja, kunduzi +4 ... +9 daraja iliq bo‘lishi kutilyapti. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi.
Shuningdek, tog‘li hududlar — Chimyon, Qamchiq va Nurafshonda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi -10 ... -5 daraja, kunduzi -3 ... +2 daraja sovuq bo‘ladi. Nurafshonda esa kechasi -7 ... -2 daraja, kunduzi +7 ... +12 daraja ilishi mumkin. Soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar