15:30 / 11.02.2018
10 334

Ob-havo ma’lumoti: O‘zbekistonda keyingi haftada qor yog‘ishi mumkin

Ob-havo ma’lumoti: O‘zbekistonda keyingi haftada qor yog‘ishi mumkin
O‘zbekistonda 15 fevral kuni havo haroratining pasayishi hamda yomg‘ir, qor yog‘ishi kutilmoqda.

Qoraqalpog‘iston va Xorazmda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 13 fevral kuni ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqdan shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. 13-14 fevralda esa ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 9-14 gradus sovuqdan 2-7 gacha sovushi mumkin, kunduzi esa 11-12 fevralda 2-7 daraja iliq bo‘ladi. 13-14 fevral kunlari 0-5 daraja sovuq bo‘lishi mumkin. Xorazm viloyatida harorat kechasi -4-9 dan -0-5 gacha o‘zgarashi mumkin. 11-12 fevral kunlari kunduzi 7-12 daraja iliq, 13-14 fevralda esa -2 gacha havo harorati pasayadi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida esa havo harorati o‘zgarib turadi, jumladan, 11-12 fevral kunlari yong‘ingarchilik kuzatilmasada, 13-14 fevralda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. 11 fevral kuni harorat kechasi -2 dajadan 7 daraja iliqqa ko‘tarilishi mumkin. Kunduzi esa 10-15 iliq bo‘ladi. 14 fevral kuni esa 4-9 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari
da ham havo o‘zgarib turadi. 11-12 fevral kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. 13-14 fevral kunlari ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. 14 fevral kuni kechasi 2-7 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda, kunduzi esa 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ham 11-12 fevral kunlari yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. 13-14 fevralda esa ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi -0-5 daraja sovuq, ba’zi joylarda esa 1-3 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda. 12-14 fevral kunlari havo kechasi 4-9, kunduzi esa 11-16 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida 14 fevral kuni yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Bu hududda ham ashmol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esib, harorat kechasi -2-7 daraja sovuq bo‘ladi. 12-14 fevral kunlari -3 daraja sovuqdan 2 daraja iliqqacha ko‘tarilishi aytilmoqda, kunduzi esa 7-12 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida esa havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. 13-14 fevral kunlari ba’zi joylarda yomg‘ir va qor yog‘ishi ehtimoldan xoli emas. 11 fevral kuni harorat kechasi -4-9 daraja sovuq bo‘ladi, kunduzi esa biroz iliq bo‘ladi. 13-14 fevral kunlari qolgan hududlarda bo‘lgani kabi havo harorati 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Ob-havo ma’lumoti: O‘zbekistonda keyingi haftada qor yog‘ishi mumkin