O‘zbekiston gidrometeorologiya xizmati markazining xabar qilishicha, 20 fevral kuni Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati kechasi +1 ... +3 daraja, kunduzi +10 ... +12 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi, 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, qor va yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati kechasi -5 ... 0 daraja, kunduzi 0 ... +5 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi, 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati kechasi 0 ... +5 daraja, kunduzi +3 ... +8 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi, 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin.
Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati kechasi 0 ... +5 daraja, kunduzi +7 ... +12 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi, 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati kechasi +4 ... +9 daraja, kunduzi +4 ... +9 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi, 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin.
Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ham havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi -2 ... +3 daraja, kunduzi +5 ... +10 daraja iliq bo‘lishi kutilyapti. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi.
Shuningdek, tog‘li hududlar — Chimyon, Qamchiq va Nurafshonda havo o‘zgarib turadi, qor va yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati kechasi -5 ... 0, kunduzi +2 ... +7 daraja iliq bo‘ladi. Nurafshonda esa kechasi 0 ... +5, kunduzi +7 ... +12 daraja ilishi mumkin. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi, 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi