
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Buxoro viloyatiga tashrifi doirasida 16 fevral kuni Peshku tumanida viloyat faollari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoga safaridan boshlangan an’ana — viloyatning har bir tuman bo‘yicha hududning o‘z faollari Prezidentga murojaat qilishi Buxoroda ham davom etdi.
«O‘zbekiston 24»ning «Tahlilnoma» dasturi reportajiga ko‘ra, yig‘ilish davomida Olot, Qorako‘l, Shofirkon, Jondor, Kogon, Peshku tumanlari vakillari hududlardagi bir qator muammolarni hal etishda yordam so‘rab, Prezidentga murojaat qilgan. Muammolarning aksariyati ichimlik suvi ta’minoti va ish o‘rinlari yaratish bilan bog‘liq.
Prezident har bir murojaat bo‘yicha joyida mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berdi. Tumanlar bilan muloqot yakunida Shavkat Mirziyoyev shunday dedi: «Men mana shu takliflar, murojaatlarning barini uy vazifasi qilib olib ketaman».
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Olot tumani bilan muloqoti
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Qorako‘l tumani bilan muloqoti
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Shofirkon tumani bilan muloqoti
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Jondor tumani bilan muloqoti
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Kogon tumani bilan muloqoti
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Peshku tumani bilan muloqoti
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar