12:20 / 27.02.2018
5 554

Termizda xalqaro yoshlar oromgohi tashkil etiladi

Termizda xalqaro yoshlar oromgohi tashkil etiladi
O‘zbekiston yoshlar ittifoqining xalqaro yoshlar oromgohini tashkil etish to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining Telegram’dagi kanalida ma’lum qilindi, deb yozmoqda Daryo nashri.

Qarorda ta’kidlanishicha, Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida xalqaro yoshlar oromgohi tashkil etiladi.

Oromgohni saqlash, joriy va kapital ta’mirlash bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston yoshlar ittifoqini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.

Mavsumdan tashqari vaqtda oromgohda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faollari ishtirokida turli tadbirlar, festivallar, anjumanlar, seminarlar va boshqa mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Termizda xalqaro yoshlar oromgohi tashkil etiladi