Gidrometeorologiya xizmati Markazining 2018 yil 28 fevral kuni taqdim etgan xabarnomasiga asosan, 2018 yil 1 mart kuni respublika hududida yomg‘ir yog‘ishi, ba’zi joylarda kuchli yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi, joylarda shamol tezligi 17-22 m/s (61-79 km/soat) gacha, shamol bilan birgalikda 23-28 m/s (83-101 km/soat) gacha kuchayishi mumkin, deb xabar bermoqda FVV axborot xizmati.
1 mart kuni havo harorati kechasi 4-9 daraja iliq, kunduzi 9-14 daraja iliq, 2 mart kuni kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.
1-2 mart kunlari respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi mavjud.
Ehtiyot choralarini ko‘rish, hamda favqulodda vaziyatlar va boshqa noxush holatlar vujudga kelganda FVVning (+99871) 147-10-50 "Tezkor raqam” raqamiga murojaat etish iltimos qilingan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi
Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi
Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi
Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi
"Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi!
O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti
Si Jinping Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha Parij bilan hamkorlikka tayyorligini bildirdi
Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi