
Murat Xojabayevich Gaipov Qizilmiya va boshqa dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash tashkilotlari uyushmasi raisi etib tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali orqali ma’lum qilindi, deb yozmoqda Daryo nashri.
Uyushma hukumatning 27 yanvardagi qarori bilan tashkil etilgan bo‘lib, qizilmiya va boshqa dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlashni kompleks rivojlantirish dasturlarini amalga oshirishni muvofiqlashtirish, ushbu sohada yagona ilmiy-texnikaviy, texnologik, investitsiya va eksport siyosatini yuritishga ko‘maklashish uning asosiy vaziflaridan biri hisoblanadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar