2018 yilning fevral oyida O‘zbekistonda mol va qo‘y go‘shti qimmatlab, kartoshka va sabzi arzonlagan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi hisobotida keltirilgan.
Qo‘mita tomonidan tayyorlangan 2018 yil fevral oyi uchun O‘zbekiston Respublikasi iste’mol sektorida inflyatsiya darajasi bo‘yicha hisobotida qayd etilishicha, 2018 yilning fevral oyida iste’mol bozorida oziq-ovqat mahsulotlari 1,1 foizga qimmatlashgan.
Yakunlangan oyda ayrim oziq-ovqat mahsulotlari arzonlashgani qayd etilgan. Jumladan, tuxum o‘rtacha 10,5 foizga, shakar 3 foizga, tovuq go‘shti 1,3 foizga, qattiq pishloq va qandolat mahsulotlari 0,1 foizga arzonlashgan.
Meva-sabzavot mahsulotlari narxlari o‘sishda davom etgan. Chunonchi, mevalar orasida ko‘proq olmalarda (6,1 foiz), shuningdek quritilgan mevalarda (4,8 foiz) qimmatlashgan.
Qovoq bir oyda 10 foizga, pomidor 14 foizga, bodring 11,7 foizga ko‘tarilgan.
E’tiborlisi, fevral oyida asosiy poliz mahsulotlari – kartoshka 2,7 foizga, piyoz 2,3 foizga arzonlashgan.
Ayni paytda mol va qo‘y go‘shti narxlari 3 foizga, tirik va sovutilgan baliq 7,2 foizga oshgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...