15:16 / 01.03.2018
5 799

Toshkent xalqaro aeroportida non ichiga tilla tangalarni yashirib olib o‘tmoqchi bo‘lgan shaxs aniqlandi

Toshkent xalqaro aeroportida non ichiga tilla tangalarni yashirib olib o‘tmoqchi bo‘lgan shaxs aniqlandi
“Toshkent-Aero” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti chegara-bojxona posti xodimlari tilla tangalarni O‘zbekistondan olib chiqishga bo‘lgan urinishni bartaraf etdi, deb xabar berdi Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati.

“Toshkent—Moskva” reysi bo‘yicha parvozga otlangan fuqaro N.F. bojxonadan qizil yo‘lak orqali o‘tayotib, bojxona xodimlarining og‘zaki so‘rovi paytida ham, yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ham yonida olib chiqish taqiqlangan tovarlar yo‘qligini ma’lum qilgan.

Ammo unga tegishli yuklarning nazorat-rentgen apparatidagi shubhali tasvirlari buni tasdiqlamagan. Shundan so‘ng yuklar xolislar ishtirokida ochib ko‘rilganda, ushbu shaxs nonlar orasiga bekitgancha umumiy og‘irligi 8,6 gramm bo‘lgan 2 dona tilla tangalarni bojxona nazoratidan yashirincha olib chiqmoqchi bo‘lganligi fosh bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi qoshidagi Badiiy ekspertiza boshqarmasi xulosasiga ko‘ra, ushbu tangalar XIX asrning oxirlarida Chor Rossiyasida zarb qilingan tanglarning asli emas, balki nusxasi bo‘lib chiqdi. Shunga qaramay, tangalar xarakteristikasida numizmatika predmetlari bo‘lganligi sababli ularni olib chiqishdan avval badiiy ekspertizaga taqdim etish lozim edi. Mazkur tangalarning taxminiy bahosi 3 million 220 ming so‘mga baholangan.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari va surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Manba: Daryo.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Toshkent xalqaro aeroportida non ichiga tilla tangalarni yashirib olib o‘tmoqchi bo‘lgan shaxs aniqlandi