
Yo‘l ta’miri va qurilishi bo‘yicha yagona texnik siyosatni olib borish maqsadida yo‘l xo‘jaligi texnikalarini markazlashtirilgan tarzda Xitoyning O‘zbekistondagi UzXCMG qo‘shma korxonasi hammuassisi hisoblangan Xuzhou Construction Machinery Group Co Ltd. kompaniyasi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida xarid qilinmoqda. Bu esa Respublikadagi yo‘l xo‘jaligi korxonalari tomonidan foydalaniladigan texnikalarning ta’mirida yuzaga keladigan ortiqcha xarajatlarni qisqartirish imkonini ham beradi.

Bugungi kunda yo‘l qurilishi va ta’mirida ishlatiladigan 100 dan ortiq texnika xarid qilindi. Ular orasida quyidagilarni sanash mumkin:
- har xil rusumdagi zichlagichlar;
- turli rusumdagi yo‘l frezalari;
- avtogreyderlar;
- asfalt yotqizgichlar;
- asfalt-beton ishlab chiqarish zavodlari;
- zamonaviy ekskavatorlar.
Ayni paytda mazkur texnikalar Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi tarkibidagi “Avtoyo‘lta’minot” unitar korxonasi tomonidan olib kelinib, respublikadagi yangi tashkil etilgan, yo‘l qurilishiga ixtisoslashtirilgan korxonalarga tarqatilmoqda. 2018 yilning birinchi yarmi davomida yana shuncha texnika olib kelinadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar