Xalqim degan mardlarning Haq yo‘lini ochgaydir,
Xalq bir bo‘lsa, yo‘lidan har qanday g‘ov qochgaydir.
Birlashganning boshidan qora bulut ko‘chgaydir,
Baxtimizga Yurtboshim omon bo‘lsin, bor bo‘lsin,
Barcha ezgu ishida Olloh madadkor bo‘lsin!
Xotirjamlik hech yurtga tasodif kelgan emas,
Sokin tunlar qadrini kim bilgan, bilgan emas,
Tinchlik deya Yurtboshim bir zum ham tingan emas.
Baxtimizga Yurtboshim omon bo‘lsin, bor bo‘lsin,
Yurtboshimga Ollohning o‘zi madadkor bo‘lsin!
Nyu Yorkda Yurtboshim oltin fikr so‘zladi,
Islom ta’limotidan duru gavhar izladi,
Ma’ruzayu davlatda dunyo tinchin ko‘zladi,
Zakovatli Yurtboshim omon bo‘lsin, bor bo‘lsin,
Yurtparvarga hamisha Tangrim madadkor bo‘lsin!
O‘z uyingni asragandek, asragin bolangni ham,
Tog‘u toshu, qir adirlar, gulu lolangni ham.
Urushning nomi o‘chsin, tinchlik bo‘lsin mustahkam,
Yurt tinchligin o‘ylagan Yurtboshimiz bor bo‘lsin.
Yurtim deb yongan zotga Tangrim madadkor bo‘lsin!
Jipslashib barchamiz bir musht bir tan bo‘laylik,
Yurtimizni qudratli ulkan Vatan qilaylik.
Tenglar ichra teng bo‘lib, farog‘atda yuraylik,
Baxtimizga Yurtboshim omon bo‘lsin, bor bo‘lsin!
Yurtboshimga bu yo‘lda xalqim madadkor bo‘lsin!
O‘zbekning bag‘ri kengdir, turli millat do‘st, inoq,
Barchamizga muqaddas, tabarrukdir shu tuproq.
She’rlar bitib madhiga, duo qilaylik ko‘proq,
Xalqparvar Yurtboshim omon bo‘lsin, bor bo‘lsin
Yurtboshimga Xudoyim o‘zi madadkor bo‘lsin!
Bo‘ri Musurmonqulov
Manba: mulohaza.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi