
O‘zbekiston hukumati tomonidan bu yilgi 8 mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan o‘tkaziladigan tantanalarga katta tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Ayollar bayramini munosib tarzda o‘tkazish, tantanani eng yuqori saviyada tashkil etish uchun professional jamoa bir necha kundan buyon ish olib bormoqda deb yozadi Qalampir nashri.
O‘tgan yili, Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ayollar bayramini quruq konsert ko‘rinishida emas, balki dasturxon atrofida, bir piyola choy bilan nishonlash amaliyotiga qo‘l urildi. O‘tgan yili bayram Toshkentdagi “Navro‘z” tantanalar saroyida o‘tkazilgan edi.
Bu yilgi marosim esa Toshkentdagi “O‘zekspomarkaz” ko‘rgazmalar majmuasi pavilonlaridan birida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda “Qalampir.uz”ning hukumatdagi manbasi ma’lum qildi.
Marosimga davlat va jamiyat hayotida muhim o‘rin tutgan, ko‘plab yutuqlari bilan ilf-fan, madaniyat, san’at, sport va boshqa ko‘plab sohalar rivojiga hissa qo‘shib kelayotgan xotin-qizlar taklif etilgan.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etib, nutq so‘zlashi kutilmoqda.
Tadbirdan batafsil reportaj yaqin soatlarda taqdim etiladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar