01:25 / 08.03.2018
5 269

O‘zbekistonda 18 mingdan ortiq fuqaro “qora ro‘yxat”dan chiqarildi

O‘zbekistonda 18 mingdan ortiq fuqaro “qora ro‘yxat”dan chiqarildi
Prezident farmoni bilan 2700 mahkum afv etildi, insoparvarlik tamoyili asosida 1932 mahkum ozodlikka chiqarildi. 8835 mahkum manzil koloniyalariga o‘tkazildi. 9462 mahkumga tayinlangan jazo yengilrog‘i bilan almashtirildi. Bu haqda Xalqaro Press klub sessiyasida ishtirok etgan IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi boshlig‘i, general-mayor Qutbiddin Burhonov ma’lum qildi.

“Ko‘pchilik pushaymonlik arizasi haqida turlicha tushunchaga ega. Shunga aniqlik kiritmoqchiman. Terrorizm-ekstremizm borasida ko‘pchilikda har xil tushunchalar bor.

Toshkentda, respublikamizning bir qancha joylarida portlashlar sodir etildi, qurbonlar bo‘ldi. Farzandlar yetim qoldi. Bugungi davlat siyosati esa, jinoyatchini jazolash emas, balki jinoyatchilikni barvaqt oldini olishdir.

Shu sababli, davlat komissiyasiga jinoyatchining shaxsiyatini atroflicha o‘rganish vazifasi qo‘yildi. Qo‘ni-qo‘shnilar, xotinidan eri haqida, eridan xotini haqida, mahalladagi jamoatchilik fikrlari o‘rganilyapti. Diniy ulamolar tomonidan mahbuslar, maxsus ro‘yxatda turganlar fikrlari o‘rganilyapti. Bugun men ochiq aytaman, O‘zbekistonda 18 mingdan ortiq fuqaro diniy-ekstremistik oqimga doir maxsus hisobdan chiqarildi. Ular barcha o‘zbekistonliklar singari huquq va majburiyatlarga ega bo‘ldi”, - dedi IIV general-mayori Qutbiddin Burhonov.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda 18 mingdan ortiq fuqaro “qora ro‘yxat”dan chiqarildi