9 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga ilk tashrifi davomida O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolari o‘rtasida vizasiz tartib o‘rnatilgani haqida muhim ijtimoiy hujjat imzolandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati xabar beradi.
Ma’lum qilinishicha, ikki davlat fuqarolari endilikda 30 kun davomida hech qanday ruxsatnoma yoki taklifnomani taqdim etmagan holda chegaradan o‘tishi, qo‘shni davlatda muayyan muddat yashash huquqiga ega. Bu kelishuv ikki davlat rahbarlari, Shavkat Mirziyoyev va Imomali Rahmon tomonidan imzolangan hujjatda aks ettirilgan.
Eslatib o‘tamiz, 1 mart kunidan boshlab, O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida 9ta nazorat-o‘tish punktlarining faoliyati qayta ishga tushirilgandi. Shuningdek, 8ta avtomobil yo‘li hamda 1ta temir yo‘l faoliyati ham tiklandi. Bundan tashqari, 2017 yil aprel oyida “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK uzoq muddatdan so‘ng, Dushanbe shahriga ilk parvozni amalga oshirgandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi