
Internet tarmog‘ida 2018 yilning 1 aprelidan boshlab O‘zbekiston hududida xorijiy valyutalarni naqd ko‘rinishda yechib olishni ta’minlovchi qaror loyihasi muhokamaga qo‘yildi, deb xabar berdi “Xalq so‘zi”.
Hujjatga ko‘ra 1 apreldan boshlab xalqaro to‘lov kartaga ega jismoniy shaxslar, tijorat banklari tomonidan o‘rnatilgan cheklov doirasida chet el valyutasini naqd ko‘rinishda yechib olishlari mumkin bo‘ladi.
Bundan tashqari Markaziy bank tomonidan 1 aprelga qadar jismoniy shaxslarga tegishli hisob raqamlaridagi xorijiy valyutani masofaviy boshqarish tizimini ham yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.
2018 yilning 1 mayiga qadar esa banklar o‘rtasida mahalliy va xalqaro bank kartalari bo‘yicha axborot-texnologik hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni ko‘zda tutuvchi Milliy bank ishlov berish markazini tashkil qilish bo‘yicha konsepsiyani ishlab chiqilishi kutilmoqda.
Joriy yilning 1 iyuligacha norezidentlarning to‘lov kartalarini qabul qilishni ta’minlovchi to‘lov terminallari asosiy xalqaro to‘lov tizimlari bilan integrallashtiriladi.
Avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash shoxobchalari 2018 yilning 1 noyabriga qadar kuniga 24 soatli tartibda ishlashi ta’minlanishi lozim. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar