
O‘zbekiston gidrometeorologiya xizmati markazining xabar qilishicha, 12 mart kuni Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati kechasi +6 ... +8 daraja, kunduzi +11 ... +13 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati kechasi 0 ... +5 daraja, kunduzi +5 ... +10 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati kechasi +3 ... +8 daraja, kunduzi +10 ... +15 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi.
Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati kechasi +3 ... +8 daraja, kunduzi +10... +15 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati kechasi +9 ... +14 daraja, kunduzi +12 ... +17 daraja icciq bo‘ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi.
Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ham havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati kechasi +4 ... +9 daraja, kunduzi +10 ... +15 daraja iliq bo‘lishi kutilyapti. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi.
Shuningdek, tog‘li hududlar — Chimyon, Qamchiq va Nurafshonda havo o‘zgarib turadi, qor va yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati kechasi -2 ... +3, kunduzi +2 ... +7 daraja iliq bo‘ladi. Nurafshonda esa kechasi +3 ... +8, kunduzi +10 ... +15 daraja ilishi mumkin. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar