10:53 / 18.03.2018
4 535

Shavkat Mirziyoyev: "Men nima demoqchiman? Den Syaopinni ko‘proq o‘qinglar"

Шавкат Мирзиёев: "Мен нима демоқчиман? Дэн Сяопинни кўпроқ ўқинглар"
Prezident Shavkat Mirziyoyev Xitoy qanday qilib rivojlanish sohasida inqilob qilgani borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Davlat rahbari Samarqandning Past Darg‘om tumanida o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishida Xitoy mo‘’jizasining haqli ravishda muallifi hisoblanuvchi Den Syaopinni ko‘proq o‘qishni tavsiya qildi, deb xabar qilmoqda Kun.uz

“Mana bordik, Ishtixonda oqsoqolnikiga, yaxshi odam. Bizni juda hurmat-izzat bilan kutib oldi. 8 sotix yeri bor. Men shu yerda savol berdim. Necha yil bo‘ldi mustaqilligimizga? 27 yil. Nechta daraxt ekdingiz? 8 sotix yerga mustaqillik yillarida bitta ham daraxt ekkani yo‘q. Bo‘m-bo‘sh. 8 sotixga kartoshka ekilgan. Issiqxona qilingan, kichkinagina, limon ekilgan va hakozo.

Men nima demoqchiman? Den Syaopinni ko‘proq o‘qinglar. Mana Xitoy qanday qilib inqilob qildi? Har bir shaxsni ishlatdi. Qilich bilanmi, qamchi bilanmi, qat’inazar ishlatdi ularni. Bizning qayerimiz kam?

Men so‘radim, 3 sotix kartoshkaning puli qancha bo‘ladi? Ha, shuncha. Nega boshqa narsalar, anor, behi ekmagansiz? Daromad qilish kerak-ku, axir! Ha, endi qilamiz. Ishtixonda nima yaxshi bo‘ladi? Uzum yaxshi bo‘ladi. Nega oltiariqliklar 20 talab mashina oladi. Uzum ekadi. Daromad qiladi. Oltiariqda 8 sotix yeri yo‘q. 2 sotix yeri bor. Oltiariqda 8 sotix yeri bor kishi boyvachcha deyiladi”, - deya Prezident shaxsiy tomorqadan unumli foydalanish borasida kuyunchaklik bilan o‘z fikrlarini bildirdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Shavkat Mirziyoyev: "Men nima demoqchiman? Den Syaopinni ko‘proq o‘qinglar"