22:43 / 22.03.2018
6 049

Senatning 29 martdagi yalpi majlisida 8 ta qonun ko‘rib chiqiladi

Senatning 29 martdagi yalpi majlisida 8 ta qonun ko‘rib chiqiladi
Oliy Majlis Senati Kengashi parlament Yuqori palatasining o‘n to‘rtinchi yalpi majlisini chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Davlat organi axborot xizmati shu haqda xabar berdi.

Quyidagi qonunlar kun tartibiga qo‘yilgan:
  • «Davlat mukofotlari to‘g‘risida» (yangi tahriri);
  • «Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida»;
  • «Davlat xaridlari to‘g‘risida»;
  • «O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risida» – Prezidentning 22.01.2018 yildagi PF–5308-son Farmonida ishlab chiqish topshirilgan;
  • «O‘rmon to‘g‘risida» (yangi tahriri);
  • «O‘zbekiston Respublikasi uy-joy-kommunal xizmati sohasi xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida»;
  • «Sud-tergov faoliyatida fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatlarini kuchaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»;
  • «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida» – ular orasida Soliq kodeksiga tuzatishlar ham bor.

Bundan tashqari, senatorlar xalqaro huquqiy hujjatlarni ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi bir qancha qonunlarni ko‘rib chiqadilar, Inson huquqlari bo‘yicha vakilning (ombudsman) 2017 yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisobotni, adliya vazirining 2017 yilda huquqiy targ‘ibot va ma’rifatning holati haqidagi axborotini eshitadilar hamda to‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar o‘tkazilishini tartibga solish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqadilar (hujjat sharhi bu yerda).

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Senatning 29 martdagi yalpi majlisida 8 ta qonun ko‘rib chiqiladi